Mobiuz Samarqand viloyatida tarmoqlarini kengaytirmoqda va modernizatsiya qilmoqda

Jamiyat 17:00 / 29.11.2023 19869

Samarqand viloyatida 4,1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bu O‘zbekistonning eng zich joylashgan hududi bo‘lib, aholining 63% dan ortig‘i qishloqlar hududida istiqomat qiladi.

Shu bilan birga, Samarqand mamlakatimizning mehmonlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mintaqalaridan biri. Xususan, 2022 yilda 1,2 milliondan ortiq xorijiy, shuningdek, 4,2 milliondan ortiq mahalliy sayyohlar bu yerga kelgan.

Mobiuz kompaniyasi Samarqandda uyali aloqani bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasida ana shu jihatlarning barchasini hisobga olgan.

Shu yilning 11 oyidan kamroq vaqt ichida Mobiuz Samarqand viloyatidagi 130 ga yaqin tayanch stansiyalarini modernizatsiya qildi. Ushbu jarayon viloyatning barcha tumanlarida amalga oshirildi. Eng ko‘p tayanch stansiyalari Samarqand shahrida, Urgut va Nurobod tumanlarida yangilandi.

Viloyatda Mobiuzʼning 150 dan ko‘proq tayanch stansiyalari esa mutlaqo yangi joylarda ishga tushirildi. Shu tariqa, Mobiuz tarmoq qamrovini yanada kengaytirdi hamda sig‘imini oshirdi, ya’ni yangi hududlar qamrab olindi, aholi zich yashaydigan joylarda esa tayanch stansiyalari soni ko‘paydi.

Xususan, Samarqand shahrida 56 ta, Samarqand tumanida 24 ta, Past Darg‘omda 20 ta, Urgutda 14 ta yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Yangi obektlar Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Jomboy, Payariq, Oqdaryo, Nurobod tumanlarida ham paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi, Samarqand viloyatida ham Mobiuz LTE 800/1800/2100/2600 diapazonlarini turli ko‘rinishda muvaffaqiyatli birlashtirib, 4G+ texnologiyasiga asoslangan xizmatlarning kirib borishini kengaytirmoqda.

Oldinda hali bir oy vaqt bor. Joriy yil oxirigacha Mobiuz texnik jamoasi erishilgan natijalarni sezilarli darajada mustahkamlaydi va tayanch stansiyalarni ishga tushirish bo‘yicha shaxsiy rekordlarini yangilaydi.

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha batafsil ma’lumotni pr.mobi.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: