Ruminiya fuqarosi Andrey Bilbi Arjyentis turli markadagi 3456 ta mobil qurilmalar to‘plamini yig‘di. Bu unga «Ginnes rekordlar kitobi»dan joy olish imkonini berdi.
Andreyga tegishli telefonlarning umumiy soni rekord raqamdan oshib ketgan. U o‘z kolleksiyasini 2018 yildan yig‘ishni boshlagan va atigi 5 yilda rekord ko‘rsatkichga erishgan.
Uning xonasini minglab mobil qurilmalar egallagan, bu haqiqiy do‘konga o‘xshaydi. Tokchalarda eskirgan modellar ham, yangi telefonlar ham bor.
Avvalgi rekordchi 2779 ta mobil telefon to‘plagan turkiyalik Ekrem Karag‘udeko‘g‘lu edi. Andrey Bilbi undan 677 ta qurilmaga o‘zib ketdi.