Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Jamiyat 09:46 / 28.11.2023 33172

Toshkent shahridagi filologiya maktabining 8-sinf o‘quvchisi ta’lim muassasasi hududidagi ochiq elektr toki simiga tegib ketgani va oqibatda tok urib, vafot etgani haqidagi xabarlar  bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Kun.uz’ga izoh berdi.

Uning ma’lum qilishicha, voqea chindan ham Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan vazirlik huzuiridagi filologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan 99-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan. 

«Bolani tok urgani tasdiqlanmagan, hozirda ekspertiza o‘tkazilyapti. Natijasini kutyapmiz»,– dedi Sobirova.

Holat yuzasidan tez orada to‘liq rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: