Farg‘ona viloyatida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
Hodisa qalin tuman sharoitida oraliq masofa saqlanmagani tufayli ro‘y bergan. Haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan.

Buvayda tumani hududida to‘rt avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi. Farg‘ona viloyati IIB YHXB mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
«2023 yilning 28 noyabr kuni soat 08:15 lar chamasida Buvayda tumani, «Yangiqadam» MFY hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 239-kilometrida o‘rnatilgan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan «Kobalt» rusumli avtomobilning ortidan harakatlanib kelayotgan «Nexia-2», «Tiko» va Hyundai Porter rusumli avtomobillar qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlamagani sababli o‘zaro to‘qnashgan.
Natijada «Tiko» avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan», deyiladi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB YXXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025