Video: Toshkentda Jah Khalib konserti kuni tartibsizlik yuzaga keldi
Tartibsizlik Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tarqatilgan.

Toshkentdagi Humo Arena saroyida 25 noyabr kuni mashhur xonanda Jah Khalib’ning konsert dasturi arafasida tartibsizlik yuzaga keldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videolarda Humo Arena saroyiga kirish qismida tiqilinch yuzaga kelgani aks etgan. Odamlar chiptasi bo‘lsa ham konsertga kira olmayotgani aytilgan.
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, konsert dasturi kuni u yerda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzganlikda gumonlangan fuqarolar voqea joyidan xavfsiz hududga olib chiqilib, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olingan.
Holat yuzasidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda

15:58 / 21.01.2025