Shohjahon Ergashev kamar uchun ilk jangida texnik nokautga uchradi

Sport 09:27 / 26.11.2023 41814

AQShning Las-Vegas shahridagi Michelob Ultra Arena’da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Unda professional boksning super yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo‘nalishi chempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uchun ringga ko‘tarildi.

12 raundga mo‘ljallangan jang 5-raunddan keyinoq yakunlandi. Shohjahon Ergashev jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.

O‘zbekistonlik bokschi 1-raundni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa-da, keyingi 4 ta raundda hakamlar Matiasning ustunligini qayd etgandi. 

Shu tariqa, Ergashev jangda texnik nokaut sababli faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.

Matias esa faoliyatidagi 20-g‘alabasini nishonladi va u barcha g‘alabalariga muddatdan avval erishgan. Uning raqiblari orasida 2019 yilda jangdan keyin vafot etgan rossiyalik Maksim Dadashev ham bor edi.

Ko‘proq yangiliklar: