O‘zbekiston | 13:50 / 25.11.2023
5168
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston OIIB bilan yangi sheriklik dasturini qabul qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pekin shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Tashrif bilan Xitoyda bo‘lgan tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pekin shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyun bilan uchrashdi.

«Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining Pekindagi qarorgohida OIIB prezidenti Tszin Litsyun janoblari va uning jamoasi bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - Biz bankning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida yo‘lga qo‘yilgan istiqbolli loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Shubhasiz, bizda qo‘shma loyihalar sonini va ularning qiymatini yildan yilga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud».

Shu yil 19 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyunni qabul qildi. 

Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida qayd etildi. 

Yangi sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid