Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt hokimligi ijtimoiy tadbirlar va “bir piyola choy” uchun budjetdan 10 mlrd so‘m ajratdi
Mazkur mablag‘ hisobiga “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvijonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlar tashkillashtiriladi.

Toshkent shahar hokimligi “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish hamda “bir piyola choy” uchun budjetdan 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratdi. Bu haqda 2023 yil 23 noyabr kuni shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning qarori qabul qilingan.
“Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining “Toshkent shahar mahalliy budjetining 2022 yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida” 2022 yil 22 apreldagi qarori bilan “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvijonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, “bir piyola choy ustida suhbatlashish”, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganligi inobatga olinsin”, deyiladi hokim qarorida.
Hujjatda shahar hokimligiga mazkur tadbirlarni tashkillashtirish va taqdirlash maqsadida Toshkent shahar mahalliy budjetining shu yilgi ikkinchi chorak daromadlari rejasini oshirib bajarilgan qismidan 500 mln so‘m mablag‘ taqsimlanishi belgilangan.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga hamda ajratilgan mablag‘larni “Nuroniy” jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limiga o‘tkazib berilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Iqtisodiyot | 15:47
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
-
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega
Jahon | 15:26
Mavzuga oid

10:20
Olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz budjet xarajatlari qisqartirildi

21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi

18:33 / 22.07.2025
Toshkent hokimi ko‘cha va yo‘llarga panjara o‘rnatish uchun qariyb 7 mlrd so‘m ajratdi

07:34 / 21.07.2025