Toshkentda qoidabuzar piyodalarga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

Jamiyat 15:37 / 23.11.2023 13981

Toshkent shahrining Chilonzor, Uchtepa tumanlari chorrahalarida piyodalar tomonidan Yo‘l harakati qoidalarining 19-bandi buzilishi ko‘p uchramoqda, deb Kun.uz’ga xabar beradi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX.

Qoidabuzarliklarni kamaytirish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida mazkur hududlarda YHXX tomonidan «Diqqat piyoda!» tadbiri o‘tkazilmoqda.

Yo‘l harakati qoidalarining 19-bandiga binoan, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganda telefondan, tele va audio mahsulotlardan foydalanish, diqqatni chalg‘ituvchi har qanday elektron vositalardan foydalanish mumkin emas.

Mazkur qoidalarga rioya etmaslik piyodalarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga binoan, 110 000 so‘mdan 330 000 so‘mgacha jarima olib kelishiga sabab bo‘ladi.

Tadbir davomida qoidalarni buzgan fuqarolarga nisbatan choralar ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: