Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi kutilyapti
Mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga mas’ul bo‘lgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, qonun bilan MJtKning 175(8)-moddasining (Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) sanksiyasi kuchaytirilib, jarima summasi miqdorini oshirish taklif etilmoqda.
Shuningdek, ushbu modda bilan avval faqat mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan bo‘lsa endilikda qonun loyihasiga ko‘ra, mansabdor shaxslar bilan birgalikda davlat xaridlariga mas’ul bo‘lgan ijrochi xodimlarni ham javobgarlikka tortish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, Yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish maqsadida Respublika oliy ta’lim muassasalarida Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan YouthLed loyihasi ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi
O‘zbekiston | 21:11
-
Iqtisodiy yetishmovchilik, mentalitet va negativlik – o‘zbekistonliklar ruhiyatidagi tushkunlik sababi nima?
Jamiyat | 21:03
-
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 21:02
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
Mavzuga oid

07:51 / 29.02.2024
1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

23:13 / 30.01.2024
Davlat xaridlarida sun’iy intellektdan foydalanilishi mumkin

07:40 / 16.01.2024
Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklov kuchaytirilishi mumkin

21:26 / 28.11.2023