Hafta o‘rtalarida ob-havo sovishi kutilmoqda

O‘zbekiston 12:05 / 20.11.2023 58709

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kun o‘rtasiga borib havo +20...+23 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga yanada iliqroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +24...+27 darajagacha ko‘tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

22 noyabr, chorshanba kuniga borib, shimoliy-g‘arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir kuzatiladi.

23 noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 noyabrda respublikaning barcha hududi bo‘ylab havo quruq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 22-23 noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘adi.

20-22 noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24 noyabrda +13...+18 darajagacha, ba’zi joylarda +10...+12 darajagacha pasayadi. 23-24 noyabr kunlari kechasi harorat +3...+6 darajagacha pasayadi, shimolda -1...-3 darajagacha bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 23-24 noyabrda yana yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi +20...+22 daraja, ertaga +24...+26 daraja bo‘ladi. 22-24 noyabrda havo harorati +13...+18 darajagacha, 23 noyabrda +11...+13 darajagacha pasayadi. 21-22 noyabrda harorat kechasi +10...+15 daraja, 23-24 noyabrda +3...+8 darajagacha pasayadi.

Ko‘proq yangiliklar: