21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi

Iqtisodiyot 18:59 / 19.11.2023 23978

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi. 

Monitoring natijalari 7 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatdi. Masalan, qizil sabzi narxi 42,1 foiz, limonning narxi 39 foiz, oq karamning narxi 16,7 foiz, sutning narxi 14,9 foiz, banan narxi 12,3 foiz, kungaboqar yog‘i narxi 9,7 foiz, kartoshka narxi 6,4 foizga pasaygan.

9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida guruch, bug‘doy uni, shakar ham bor.

5 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Xususan, bodring va pomidor qimmatlashgan. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

«Shuni ta’kidlash kerakki, xuddi shunday dinamika o‘tgan yili ham kuzatilgan, bu esa ushbu hodisaning takrorlanishi va uning bozor tendensiyalariga ta’siridan dalolat beradi», deyiladi MHTI xabarida.

Tahlil 12 oktyabr va 9 noyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: