Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yaratdi
Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantiradi, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya tashlab, SMS xabarnoma yuboradi.

Toshkentda maktab o‘quvchisi is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qurilma 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Ozodbek Hoshimov tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, u uch yildan buyon robototexnika to‘garagiga qatnab kelgan. Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantiradi, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya tashlab, SMS xabarnoma yuboradi.
“Qish mavsumi edi. Odamlar is gazidan vafot etdi degan mash’um xabarlarni OAV orqali o‘qib, eshitganimda, buning oldini olish kerak degan o‘y keldi va buning ortidan mana shu ixtironi yaratish g‘oyasi tug‘ildi. Agar ushbu ixtiro tegishli xizmatlar bilan integratsiya qilinsa, albatta bunday baxtsiz hodisalarning oldi olinishiga ishonaman”, — deydi o‘quvchining o‘zi.
Ayni damda uning ixtirosini patentlash jarayoni kechmoqda.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025