Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Rossiyani tark etib, chetdan tanqid qilganlarning qaytishi qiyin bo‘ladi
Jamiyat Ukrainada urush boshlanganidan keyin xorijda Rossiya hukumatini tanqid qilgan va keyin o‘z vataniga qaytishni istaganlarni qabul qilmaydi, dedi Kreml vakili.

Foto: AP
Ukrainada urush boshlanganidan keyin o‘z vatanini tark etgan va chet eldan Rossiya rasmiylarining harakatlarini tanqid qilgan rossiyaliklar uchun «qaytib kelish juda qiyin bo‘ladi». Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17 noyabr, juma kuni talabalarning «MGIMO 360» YouTube-kanalida ma’lum qildi.
«Hammaning bitta vatani bor» va u «dushmanlardan tashqari hamma uchun doim ochiq», dedi u intervyu davomida. Urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etgan, Ukraina Qurolli kuchlari uchun pul yig‘gan, «turli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda nutq so‘zlagan va mamlakatimizni (Rossiya) haqorat qilgan» har qanday odamning vataniga qaytishining imkoni bo‘lmaydi, deb ogohlantirdi Peskov.
«Men ular uchun amal qiladigan qonunlar haqida gapirmayapman. Odamlar ularni qabul qilmaydi», deb tushuntirdi u.
Peskov Rossiyani tark etgan yoshlar haqida
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, o‘z vatanida qolgan rossiyaliklar «sarosimaga tushgan» va qaytishni xohlayotganlarni «qabul qiladi». «Ammo, qo‘pol qilib aytganda, o‘z vataniga qarshi og‘iz ochganlar uchun biz bilan birga yashayotgan odamlarga o‘zini tushuntirishi juda qiyin bo‘ladi. Bu ular uchun katta muammo bo‘ladi», - deya ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi.
Shu bilan birga, u urush boshlanganidan keyin yoshlarning katta qismi Rossiyani tark etgani haqidagi bayonotga qo‘shilmasligini bildirdi. «Qancha yigitlar ko‘ngilli sifatida frontga ketdi. Qancha yigitlar turli bo‘linmalarda. Qancha odam safarbar qilindi va hozir jang qilmoqda. Hammasi shu yerda qoldi», - dedi Peskov.
2022 yil oxirida The Bell onlayn-nashri 2022 yilning o‘zida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli yarim millionga yaqin odam o‘z vatanini tark etgani haqidagi hisob-kitobni e’lon qildi.
Shu bilan birga, Forbes onlayn-nashri 2022 yil oktyabr oyida Rossiyada o‘sha yilning sentabr oyida «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan keyin uch hafta ichida 700 mingga yaqin odam mamlakatni tark etganini yozgan. «Ketganlarning qanchasi sayyohlar ekani va qaytishni rejalashtirayotgani noma’lum», — deyiladi ma’lumotda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

21:37 / 17.07.2025
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi

15:53 / 17.07.2025
Rossiya «dushman» davlatlar taomlariga soliq solishi mumkin

15:08 / 17.07.2025
Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

08:30 / 17.07.2025