Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: dunyoda qizamiqdan o‘lim holatlari yil davomida 1,5 barobar oshdi
Butun dunyoda emlash qamrovining kamayishi tufayli qizamiq bilan kasallanish va o‘lim darajasi sezilarli darajada oshib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: Fotolia
2022 yil oxirida, qizamiqqa qarshi emlash qamrovi ko‘p yillar davomida pasayganidan so‘ng, ushbu virusli kasallik bilan kasallanganlar soni 18 foizga, infeksiyadan vafot etganlar soni esa 43 foizga oshdi (2021 yilga nisbatan). Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining 16 noyabr, payshanba kuni chop etilgan yangi qo‘shma hisobotida aytiladi.
Xabarda aytilishicha, kasallanganlar soni «9 million kishi, o‘limlar esa 136 ming kishini tashkil etmoqda, ularning aksariyati bolalar». Hisobot mualliflari hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda kasallikning keng miqyosli avj olishi 37 ta davlatda sodir bo‘lgan, bir yil oldin 22 davlatda kuzatilgandi.
«Qizamiq epidemiyasi va o‘lim holatlarining ko‘payishi hayratlanarli, ammo afsuski, so‘nggi yillarda emlash darajasining pasayishini hisobga olinsa, bu kutilmagan hodisa emas», dedi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining Global emlash idorasi direktori Jon Vertefey.
JSST barcha bolalarni qizamiqqa qarshi emlashga chaqiryapti
Hisobotda qayd etilishicha, emlashning eng past ko‘rsatkichlari, atigi 66 foiz, qizamiqdan o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kam daromadli mamlakatlarda saqlanib qolgan. 2022 yilda bunday vaksinaning birinchi dozasini o‘tkazib yuborgan 22 million bolaning yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i 10 ta davlatda yashaydi: Angola, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Hindiston, Indoneziya, Madagaskar, Nigeriya, Pokiston va Filippin.
«JSST mamlakatlarni emlanmagan bolalarni aniqlashga va barcha bolalarni qizamiq va vaksinatsiya orqali oldini olish mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarga qarshi emlashga chaqiradi», deyiladi qo‘shma hisobotda. Tashkilot butun dunyo bo‘ylab manfaatdor tomonlarga aholining eng zaif qatlamlarini emlashni tavsiya qildi.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi hamda JSST Qizamiq va qizilcha bilan kurashish bo‘yicha sheriklikning asoschilari hisoblanadi. U ushbu ikki kasallikning tarqalishini to‘xtatish bo‘yicha global tashabbusdir.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
-
Sog‘lom ozishni istagan ayollar uchun: ishonchli diyetologni qanday tanlash kerak?
Ayollar dunyosi | 14:49
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
Mavzuga oid

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025