Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi APEC sammiti: Ukraina va G‘azo bo‘yicha umumiy pozitsiyaga erishilmadi
San-Fransiskodagi APEC sammitining yakuniy deklaratsiyasida Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Isroilning HAMASga qarshi operatsiyasi haqida hech qanday gap yo‘q. APEC raisligi alohida bayonot bilan chiqib, Rossiya agressiyasini qoraladi.

Foto: Reuters
San-Fransisko sammitida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) forumi a’zolari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Isroilning G‘azo sektorida HAMAS guruhiga qarshi harbiy amaliyoti bo‘yicha qo‘shma pozitsiya bo‘yicha kelisha olmadi. Bu bandlar 17 noyabr, juma kuni kechqurun e’lon qilingan yakuniy deklaratsiya matniga kiritilmagan.
Shu bilan birga, APEC raisligi alohida bayonot e’lon qildi, unda forum «a’zolarining aksariyati» Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzkorligini keskin qoralaydi. Hujjatda qayd etilganidek, sammit ishtirokchilari G‘azo sektoridagi inqiroz yuzasidan «fikr almashgan», bu boradagi «o‘z pozitsiyalarini» taqdim etgan. Ayrim davlat va hukumat rahbarlari forum iqtisodiy mohiyati va «geosiyosiy masalalarni muhokama qilish uchun» yaroqsizligini bahona qilib, yakuniy deklaratsiyaga ushbu mavzularning kiritilishiga qarshi chiqdi, deya ta’kidlanadi matnda.
APEC a’zolari JST islohotini qo‘llab-quvvatladi
Shu bilan birga, APEC a’zolari Jahon savdo tashkiloti (JST) islohotini qo‘llab-quvvatladi. «Biz JSTning barcha funksiyalarini takomillashtirish uchun zarur islohot o‘tkazish tarafdorimiz», — deyiladi bayonotda. APEC yetakchilari «erkin, ochiq, adolatli, kamsitmaydigan, shaffof, inklyuziv va tekshiriladigan savdo va investitsiya muhitini ta’minlash» qat’iyatini tasdiqladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 17 noyabr kuni APEC’ning boshqa yetakchilari bilan gaplashar ekan, ularni sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlik qilishga va ishchilarning huquqlari va salohiyatini cheklashdan ko‘ra, sun’iy intellekt ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini ta’minlashga chaqirdi.
Bayden APEC doirasidagi aloqalarni mustahkamlash niyatida
Sammit muhim voqealaridan biri Oq uy rahbarining 15 noyabr kuni Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashuvi bo‘ldi, uning maqsadi dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasidagi munosabatlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish edi.
Shundan so‘ng, APEC sammitida so‘zga chiqqan Bayden Osiyo-Tinch okeani mintaqasi AQSh iqtisodiyoti uchun muhim rol o‘ynashini, Vashington bu aloqalarni yanada mustahkamlash niyatida ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar eksportining 60 foizi APEC’ga a’zo davlatlarga to‘g‘ri keladi va Amerika biznesi bu mamlakatlardagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning eng katta manbasi hisoblanadi. Xitoy bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, Bayden ularning barqarorligi butun dunyo uchun muhim ekanini ta’kidladi, shuning uchun uning ma’muriyati ishi AQSh iqtisodiyotini XXRdan uzoqlashtirishga emas, balki «xavfni kamaytirish va diversifikatsiya qilishga» qaratilgan.
Rossiya tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Overchuk ishtirok etdi
APEC sammitida AQShdan tashqari yana 20 ta a’zo davlat vakillari ishtirok etdi. Sammitda Rossiyadan bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk qatnashdi, u g‘arb, jumladan, Yevropa Ittifoqining turli sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo Rossiyaning aksariyat yuqori rahbariyatidan farqli o‘laroq, AQSh sanksiyalari ostida emas.
Ishtirokchi davlatlarning umumiy ulushi jahon iqtisodiyotining 60 foizini va sayyora aholisining qariyb 40 foizini tashkil qiladi. APEC a’zolari safiga Yaponiya, Malayziya va Indoneziya hamda boshqalar kiradi. Guruhning maqsadi savdo to‘siqlarini kamaytirish orqali Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
-
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Jahon | 11:40
-
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?
Jahon | 11:22
Mavzuga oid

11:21
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi

09:46
Mers AQSh bilan birgalikda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish niyatida

07:40
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan

23:42 / 10.07.2025