Toshkentda 44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi xatlandi

O‘zbekiston 17:16 / 17.11.2023 9708

Toshkentda 44 marta tezlikni oshirib, yo‘l harakati qoidasini buzgan va 25 mln so‘mdan ortiq miqdordagi jarimalarni to‘lamagan haydovchining mashinasi xatlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar bermoqda.

MIBning Yashnobod tumani bo‘limi Toshkent shahar IIBB YHXBning ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan ijro ishi boshlangan.

Qarzdorga tegishli Nexia 3 rusumli transport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda ushbu avtotransport vositasini realizatsiya qilish ishlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: