U17 jahon chempionati. O‘zbekiston Kanada ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport 19:06 / 13.11.2023 33209

Surakartadagi «Manahan» stadionida o‘tgan uchrashuvda Jamoliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi o‘smirlarimiz yirik g‘alabaga erishdi. Hisobni ochuvchi gol avtogol sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Amirbek Saidovning dubli hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Shu tariqa, O‘zbekiston 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda bormoqda. Ispaniya 6 ochkoga ega bo‘lsa, Mali 3 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinda. 

O‘zbekiston 3-turda 16 noyabr kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 14:00da boshlanadi. Guruhdan dastlabki ikki o‘rin egasi hamda eng yaxshi natijaga ega to‘rtta 3-o‘rin sohibi keyingi bosqichga yo‘llanma oladi.

U17 JCh-2023. 2-tur  
O‘zbekiston U17 – Kanada U17 – 3:0

Hakam: Ivo Mendez (Boliviya)
Gollar: Richard Chukvu avtogol 22, Amirbek Saidov  27, 80.
O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov, 13.Behruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboyev (18.Jasur Hikmatullayev, 46), 16.Muhammadali Raimov, 17.Ollobergan Karimov ( 3.Yahyo O‘rinboyev, 85), 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.
Kanada: 1.Nataniel Abraham, 2.Teo Rigopulos, 3. Gael De Montini, 5.Chimere Omeze, 6.Lazar Stefanovich, 7.Tarik Tahid (10.Filip Igbinobaro, 46), 8.Jivan Badval, 9.Antoni Klukovski (19.Erik Pop, 63), 11.Kevon Taverniyer (21.Lukas Ozimech, 46), 13.Richard Chukvu, 14.Tayler Londono.

Ko‘proq yangiliklar: