Jamiyat | 13:09 / 13.11.2023
17782
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uch tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi

«Chuqursoy» podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sababli Yunusobod, Olmazor va Shayxontohurda issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi. Ta’minot yarim tunga qadar tiklanadi.

13 noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJga qarashli «Chuqursoy» podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2 navbati o‘chirilgan.

Quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘lmaydi:

Yunusobod tumani:

Markaz-2, 4-, 5-, 6-mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar;
Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yo‘li, Arifova ko‘chalari, Amir Temur va Qorasaroy shohko‘chalari.

Olmazor tumani:

Qoraqamish 1/1, Qoraqamish ½, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish 2/5, Markaz-22 mavzelari, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abdurahmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘rozboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.

Shayxontohur tumani:

Zulfiyaxonim, U. Yusupov, Labzak ko‘chalarida joylashgan turar joylar.

Ta’minot yarim tunga qadar tiklanishi ma’lum qilingan.

Mavzuga oid