Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi soha vakillari daromadlarining oshishini ko‘proq kutishmoqda?
Kelgusida daromadlari ko‘payishini ta’kidlaganlarning aksariyati 7-10 mln so‘mgacha va 10 mln so‘mdan yuqori oylik daromadga ega bo‘lganlar guruhiga to‘g‘ri kelgan. Aksincha, daromadlari nisbatan pastroq(2-3 mln so‘mgacha) bo‘lgan aholi vakillarining kelgusida daromadlari ortishi bo‘yicha kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan pastroq shakllangan.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank 2023 yil III choragi bo‘yicha aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. Unda bir qancha ahamiyatli jihatni ko‘rish mumkin.
Sharhga ko‘ra, joriy yilning III choragida iste’mol kayfiyati indeksi (IKI) 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz shakllanib, 24,3 bandni tashkil etgan.
Aholi real daromadlarining oshishi, iqtisodiyotdagi iste’mol talabi yuqoriligi hamda qishloq xo‘jaligi sohasida daromadlarning mavsumiy ortishi iste’mol kayfiyatining ijobiy saqlanib qolishiga xizmat qilgan.
Xarajat subindeksi
O‘tgan chorakda ko‘pchilik respondentlar ta’lim, davolanish xizmatlari, avtomobil, maishiy texnika va oilaviy bayram tadbirlariga ko‘proq mablag‘ sarflaganlarini ta’kidlagan bo‘lsalar, kelgusi oylarda ta’lim va davolanish xizmatlari, shuningdek, avtomobil xaridi hamda to‘y marosimlariga pul sarflash istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etgan.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda maishiy texnika sotib olish va sayohat qilishga mablag‘larini sarflayotganlar ulushi oshib bormoqda. Bu tendensiya kelgusida ushbu tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirishi va narxlarga talabni saqlab qolish bo‘yicha xulosalarni shakllantiradi.
Daromad subindeksi
Respondentlarning kelgusida daromadlari oshishi bo‘yicha kutilmalari barqarorlashgan. Ushbu davrda daromad subindeksi o‘tgan yilning III choragiga nisbatan 0,1 bandga ko‘tarilib, 10,1 bandni tashkil etgan.
Kelgusida daromadi oshishini kutayotgan respondentlarning aksariyat ko‘pchiligi 5-7 mln so‘m, 7-10 mln so‘mgacha va 10 mln so‘mdan yuqori oylik daromadga ega bo‘lgan guruhlarga to‘g‘ri kelmoqda. Daromadi nisbatan pastroq (2-3 mln so‘mgacha) bo‘lgan aholi vakillarining kelgusida daromadi ortishi bo‘yicha kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan pastroq shakllangan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda so‘rov ishtirokchilaridan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, kafe-restoran, tashish xizmati, turizm va ommaviy axborot vositalari hamda ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchilarning daromadlari bo‘yicha ijobiy kutilmalari nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Aksincha, savdo, bank va moliya, kommunal xizmat, tibbiyot va maishiy xizmat sohasidagilarning kelgusidagi daromadlari bo‘yicha kutilmalari nisbatan pastroq shakllangan.
Jamg‘arish subindeksi
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat respondentlar (jamiga nisbatan 36 foiz) jamg‘armalari mavjud emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, jamg‘armalari 1 oygacha yetadigan respondentlar ulushi taxminan 32 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1−3 oygacha bo‘lgan davr uchun ushbu ko‘rsatkich taxminan 18 foizga teng.
So‘rov qatnashuvchilarining aksariyati III chorakda moliyaviy holatlari biroz yaxshilanganini yoki o‘zgarmaganini bildirishgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi
Jahon | 20:36
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
Mavzuga oid

14:49 / 06.08.2025
Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasayishda davom etyapti

17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

14:26 / 22.07.2025
Jaziramada qanday taomlarni iste’mol qilmaslik kerak? – SVV tavsiyalari

20:29 / 21.07.2025