O‘zbekiston ilk bor kamondan otish bo‘yicha Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Sport 11:32 / 11.11.2023 14729

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Tailandda o‘tayotgan Parij-2024 lisenzion turnirida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyoda Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. 

Reglamentga ko‘ra, yakkalik yo‘nalishida o‘tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: