U17 JCh-2023. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi turnirni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport 16:14 / 10.11.2023 23431

Surakarta shahridagi «Manahan» o‘yingohida kechgan bahsda Jaloliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi o‘smirlar jamoamiz turnirni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi. Mamadu Dumbiyaning het-triki Maliga yirik hisobli g‘alabani keltirdi – 3:0.

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi 2-turda Kanadaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mali esa shu kuni Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.

U17 JCh-2023. 1-tur
Mali U17 – O‘zbekiston U17 – 3:0

Hakam: Texera Gustavo (Urugvay)
Surakarta, «Manahan» stadioni.
Gollar: Mamadu Dumbiya 30, 72 pen., 75.
Mali: 1. Burama Kone, 2. Musa Traore, 5. Issa Traore, 3. Hamidu Makalu, 4. Sulaymon Sanago, 6. Seku Kone, 10. Ange Tia Martial (14. Usmon Tero, 74), 15. Bayye Kulibali, 11. Ibrohim Kanate, 17. Mamadu Dumbiya, 8. Usmon Diarra (19. Muhammad Barri, 90)
O‘zbekiston: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 19. Sherzod Abdulboriyev, 20. Dilshod Abdullayev, 6. Ozodbek O‘ktamov (15. Ozodbek Ergashov, 53), 13. Behruz Jo‘matov, 5. Azizbek To‘lqinbekov, 3. Yahyo O‘rinboyev ( 16. Muhammadali Raimov, 46), 17. Ollobergan Karimov (18. Jasur Hikmatullayev, 85) 9. Amir Saidov, 14. Shodiyor Shodiboyev (11. Quvonchbek Abrayev, 85),7. Lazizbek Mirzayev.

Ko‘proq yangiliklar: