Serdar Berdimuhamedov Toshkentga yetib keldi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov IHT sammitida qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Foto: Telegram / hidoyatov_bsh
Yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar Toshkentga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

14:53 / 17.02.2025
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston agrosanoat sohasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

23:49 / 10.02.2025
O‘zbekistonga 115 tonna dizel noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

17:01 / 03.02.2025