O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Xitoy elchisi bilan uchrashdi
Afg‘onistonning eng yaqin qo‘shnilari guruhiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Foto: TIV
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi Yuy Tszyun bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatga imkon qadar tezroq gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida Afg‘onistonning eng yaqin qo‘shnilari guruhiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

16:41 / 08.03.2025