O‘zbekiston | 08:10 / 08.11.2023
5649
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlariga kichik tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish boshlanadi

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari maxsus axborot portalida “Kichik biznesga madad” sahifasi tashkil etiladi.

Foto: Depositphotos

“Davlat xaridlariga kichik tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya (ishlab chiqarish kooperativi) asosida tashkil qilinadigan kichik tadbirkorlik sub’yektlarini shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar va yoshlar tadbirkorligini davlat xaridlaridagi ishtirokini yanada rag‘batlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari maxsus axborot portalida “Kichik biznesga madad” sahifasini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:

“Kichik biznesga madad” sahifasida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya (ishlab chiqarish kooperativi) asosida tashkil qilingan, shuningdek, quyidagi mezonlarning biriga muvofiq keladigan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni 2025 yil 31 dekabrga qadar davlat buyurtmachilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi:

a) nogironligi bo‘lgan shaxslarni doimiy ish bilan ta’minlagani bo‘yicha - xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat hamda ularning asosiy ish joyi bo‘lgan va mazkur shaxslarga to‘langan ish haqi umumiy mehnatiga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil qilishi;

b) ayollarning doimiy ish bilan ta’minlagani bo‘yicha – rahbari (direktori) ayol kishi bo‘lgan, xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi ayollardan iborat hamda ularning asosiy ish joyi bo‘lgan va mazkur shaxslarga to‘langan ish haqi umumiy mehnatiga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil qilishi;

v) yoshlarning doimiy ish bilan ta’minlagani bo‘yicha - rahbari (direktori) o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan),  xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) hamda ularning asosiy ish joyi bo‘lgan va mazkur shaxslarga to‘langan ish haqi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil qilishi shart.

Bunda, “Kichik biznesga madad” sahifasidagi kichik tadbirkorlik sub’yekti bir moliya yili davomida jami 10 milliard so‘mgacha qiymatdagi shartnomalar tuzishi mumkin va mazkur shartnomalar davlat xaridlarining elektron tizimi orqali elektron tarzda tuzilishi belgilab qo‘yiladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MChJ yordamida ishlab chiqilgan kichik biznes loyihalari doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash, xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarini Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yil 1 yanvarga qadar “Kichik biznesga madad” sahifasidagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari va budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan to‘lov miqdori bir milliard so‘mgacha bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 50 foiz, bir milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 30 foiz etib belgilanadi.

Mavzuga oid