Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston 10:41 / 08.11.2023 4762

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev kecha Polsha poytaxtiga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi konsuli bo‘lib ishlagan, 2020 yildan beri esa Bosh konsullikka rahbarlik qilgan. 

Diplomat 38 yoshda. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Amirsaid A’zamxo‘jayev 2015 yildan boshlab O‘zbekistonning Polshadagi muvaqqat ishlar vakili va 2019 yildan favqulodda va muxtor elchisi vazifasida ishlagan Bahrom Boboyev o‘rniga tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: