Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karmana tumanining besh nafar mansabdori ishdan olinadi
Tumandagi qurilishi tugamagan binoda 452 ta mayning qurilmasi o‘rnatilib, 10 oyda salkam 5,5 mln kWh elektrdan noqonuniy foydalanilgan, natijada tumanda oylik iste’mol birdaniga 5 foizga oshgan. Shavkat Mirziyoyev bu holatga befarq bo‘lgani uchun tuman hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 3,5 milliard kWh elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda energetika sohasi bo‘yicha prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Misol uchun, Navoiy viloyati Karmanadagi qurilishi yakunlanmagan binoda 452 ta mayning qurilmasi o‘rnatilgani oqibatida 10 oy davomida qariyb 5,5 million kWh elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari 10 oyda hududda shuncha elektrdan o‘g‘irlikni payqamagani, tumanda oylik iste’mol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.
Bu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi, Bosh prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Mutasaddilarga o‘g‘irliklar eng yuqori bo‘lgan hududlarda noqonuniy iste’molga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Oktyabr oyida Karmana tumanida davlatga 24,4 mlrd so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlangani xabar qilingandi.
Karmana tumaniga ko‘p yillardan buyon Faxriddin Umarov rahbarlik qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03
-
Arxeologlar «misli ko‘rilmagan» xazinani olib ketish vaqtida hujumga uchragan kema qoldiqlarini topdi
Jahon | 22:59
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
Mavzuga oid

21:15
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi

20:51
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

17:38
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

12:36