Riga shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
Bu - O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligi.

Foto: Dunyo AA
27 oktyabr kuni Riga shahrida mamlakat elchisi Qadamboy Sultonov, Latviya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Anjyeys Vilumsons, davlat idoralari va biznes vakillari ishtirokida O‘zbekiston Faxriy konsulligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Rigadagi O‘zbekiston Savdo uyi rahbari, Outdoor Media kompaniyasi asoschisi va direktori Vladimir Galperin mamlakat faxriy konsuli etib tayinlandi. Tantanali tadbirda unga tegishli konsullik patenti topshirildi.
Bu O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligidir.

Yangi faxriy konsul Latviyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, latviyalik sarmoyadorlar va sayyohlarni respublikaga jalb etish, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Latviya va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlari bozorlariga eksportini ko‘paytirish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Shuningdek, mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, madaniy-humanitar va boshqa aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda xorijda mamlakatning 30 ga yaqin faxriy konsulliklari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid

22:40 / 07.03.2025
AQSh G‘arbiy Yevropadagi o‘nga yaqin konsulligini yopishni rejalashtirmoqda

13:50 / 20.09.2024
Rigada musodara qilingan «Moskva uyi»ga xaridor topilmadi

07:46 / 18.05.2024
Ukraina xorijdagi erkaklar uchun konsullik xizmatlarini qaytaradi

10:25 / 23.04.2024