Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda qariyb 4 ming dollarga OTMga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.O. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi «Turon» nodavlat universitetiga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.N. ismli shaxs fuqaro S.Sh.ni 3,9 ming dollar evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, muqaddam 3,5 ming dollarni qo‘lga kiritib, yana 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
-
Ispaniyada Ukraina IIV sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

12:37 / 15.07.2025