Toshkentda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishi ma’lum qilindi
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanishi bilan bog‘liq turli fikrlar ko‘paymoqda. Poytaxt hokimligi bu borada rasmiy ma’lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
“Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025