O‘zbekiston 9 oyda Rossiyaga 2,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotdi

Iqtisodiyot 15:05 / 26.10.2023 15269

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 2,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 mlrd hamda 1,1 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

  • Turkiya – 1 mlrd;
  • Afg‘oniston – 609 mln;
  • Qirg‘iziston – 537 mln;
  • Tojikiston – 437 mln;
  • Fransiya – 308 mln;
  • BAA – 191 mln;
  • Pokiston – 186 mln AQSh dollari.
Ko‘proq yangiliklar: