Motorola chinakam bukiluvchan smartfonni namoyish etdi
Uni bilakka o‘rab qo‘yish mumkin.

Lenovo Tech World ’23 ko‘rgazmasida Motorola kompaniyasi pOLED FHD+ displeyiga ega konseptual smartfonni taqdim qildi. Uni chinakamiga buklash va o‘rash mumkin.
Kompaniyaning qayd etishicha, ushbu texnologiya asosida bukiladigan mobil telefonlar va katta qurilmalar, jumladan, shaxsiy kompyuterlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajriba yotadi.
Bunday gadjet gorizontal holatda oddiy Android telefoni kabi ishlashi, bukilgan bo‘lsa, stend gadjetiga aylanishi mumkin. Uni bilakka o‘rab qo‘ysa ham bo‘ladi.
Tekis holatda 6,9 dyuymli ekrandan to‘liq foydalanish mumkin, lekin buklanganda faqat 4,6 dyuymli qismidan foydalansa bo‘ladi.
Smartfonning qachon sotuvga chiqishi va narxi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid

12:38
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

10:12 / 28.02.2025