Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Bu Ibrohim Abdurahmonovning uchinchi vazirlik lavozimidir. U muqaddam innovatsiya vaziri bo‘lgan, so‘nggi yil davomida oliy ta’limga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Kun.uz
Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi rahbariga aylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Qarshi shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e’lon qilindi», deyiladi xabarda.
Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
Faoliyatini 1997 yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2012 yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2012–2017 yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori bo‘lgan, 2017 yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.
2017 yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.
2022 yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qo‘shib yuborildi va Abdurahmonov 2023 yil yanvaridan buyon yangi vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
- Bundan oldinroq 2022 yil avgustidan buyon qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Aziz Voitov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi..?” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025