Prezident ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi 

Jamiyat 23:49 / 25.10.2023 8460

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Unda ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, jamoat xavfsizligi, osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, alohida xizmatlari uchun bir guruh xodimlar mukofotlanishi belgilangan. 

«Mardlik» ordeni bilan 

Isamov Abdulxamid Mirzayevich - Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori. 

«Do‘stlik» ordeni bilan 

Arzuyev Jambil Jumabayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani ichki ishlar bo‘limi 1-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i; 

Jumayeva Alyona Shuxratovna - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti. 

«Jasorat» medali bilan 

Asqarov Ulug‘bek Umaraliyevich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi; 

Axmedov Farruxjon Bayonovich - Samarqand viloyati Urgut tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari; 

Niyozov Bekzod Xoliqovich - Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili; 

Raximov To‘lqinjon Farxadovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili; 

Suvanov Jamshid Eshpulatovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i; 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan 

Asadov Azizbek Karomatovich - Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori; 

Asanov Sabirdjan Jakayevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi; 

Bahromov Bektemir Raxmonovich - Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i; 

Qurbonov Farxodjon Raximovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi; 

Norqo‘ziyeva Shaxlo Primqulovna - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo‘linmasi katta inspektori; 

Sultanov Anvar Abidxodjayevich - Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i; 

Raximov G‘ulombek Babaxanovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus qabulxona katta nazoratchisi; 

Shermuxamedov Abdumajid Mavlyanovich - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i; 

Yusupov Abdullo Abduraxmonovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori. 

«Shuhrat» medali bilan 

Davranov G‘olibjon Isomidinovich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori; 

Djabbarov Farxod Axmadovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi; 

Ishpulatov Abbos Nurmamatovich - Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limi 2-ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i; 

Miraxmedov Abror Onarboyevich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori; 

Mo‘minov Bo‘riqul Yodgorovich - Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori; 

Palimbetov Baxtibay Jangabayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori; 

Ryumin Aleksey Aleksandrovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘ining o‘rinbosari; 

Tulanov Abdumuxtor Ruzimatovich - Andijon viloyati Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: