«Sputnik» yaratuvchisi vaksina COVID-19 yangi shtammlaridan himoya qilmasligini aytdi
«Omikron» XBB.1.5 varianti paydo bo‘lgach, «Sputnik» vaksinasi butunlay himoya qilishni to‘xtatdi, dedi Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg.

Foto: Akhtar Soomro/REUTERS
Koronavirusning «omikron» XBB.1.5 («kraken») varianti paydo bo‘lganidan so‘ng, pandemiya boshlanganidan ko‘p o‘tmay yaratilgan Rossiyaning «Sputnik» COVID-19 vaksinasi infeksiyadan «to‘liq» himoya qilishni to‘xtatdi. Bu haqda vaksina ishlab chiqilgan Gamaleya markazi rahbari Aleksandr Ginsburg 23 oktyabr, dushanba kuni «Gazeta»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik»ning asli dastlabki ikki yil davomida koronavirusdan himoya qilgan», ya’ni ro‘yxatdan o‘tgan payt - 2020 yil avgustidan boshlab 2022 yil iyuligacha. «2022 yilning yozi o‘rtalaridan boshlab, «omikron» 1, 2 va 3 variantlari paydo bo‘lganda «Sputnik V»ning samaradorligi sakkiz baravar kamaydi, «omikron» 4, 5 paydo bo‘lganda esa samaradorlik 20 baravar pasaydi», - deya qo‘shimcha qildi Ginsburg.
Rossiyada yangilangan «Sputnik» vaksinasi ishlab chiqilmoqda
Olim COVID-19 pandemiyasi davom etayotganiga ishora qilib, vaksinaning antigen tarkibini yangilash zarurligini ta’kidladi.
Hozirda Gamaleya markazi «omikron» XBB.1.5 variantiga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan «Sputnik» vaksinasi yangi versiyasining klinik sinovlarini o‘tkazmoqda, dedi Ginsburg. Ushbu tadqiqotlar 10 dekabrda yakunlanishi rejalashtirilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yozdan beri dunyoda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshib bormoqda. Biroq, kasallikdan o‘lim darajasi pastligi hisobga olinsa, dunyoning deyarli hamma joyida infeksiya tarqalishini ushlab turish uchun hech qanday cheklovlar yo‘q.
Mavzuga oid

19:11 / 07.03.2025
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi

09:24 / 21.03.2023
Bayden COVID kelib chiqishi haqidagi razvedka ma’lumotlarini oshkor qilishni buyurdi

12:12 / 01.03.2023
FQB COVID kelib chiqishi bo‘yicha o‘z taxminini e’lon qildi

08:03 / 04.08.2022