Samarqandda gaz ta’minoti korxonasiga qarashli gaz ballonlari fuqaro uyida noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi
Uning uyidan aholi xonadonlariga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni topilgan.

Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali mutaxassislari bilan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotgani aniqlangan.
Xususan, Samarqand tumani, Dashtisuxta mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonidan «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filialiga qarashli bo‘lgan, aholi xonadonlariga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni topilgan.

Davlat korxonasiga tegishli gaz ballonlar fuqaroning uyiga qanday kelib qolgani haqida xabarda ma’lumot berilmagan.
Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingani aytilmoqda.
Mavzuga oid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025