SamAuto'dan D-MAX quest ishtirokchilari: «Endi hatto arzimagan sa’y-harakatlar ham dunyoni o‘zgartira olishiga amin bo‘ldik»

Fan-texnika 17:40 / 23.10.2023 44170

Saralash turida har bir jamoa shahar tashqarisida 4 qop chiqindi to‘plashi kerak bo‘lgandi. Yakun: 363 qop va tabiatning ozodaligi har birimizga bog‘liqligi hamda to‘rttagina kishi ham katta ishni uddalay olishini anglash. Jamoalar qanday qilib ahmoqona ko‘rinishdan qo‘rquvni yengganlari, haydovchilarni palov bilan mehmon qilish uchun mashinalar ortidan yugurganlari, do‘stlik va elektr samokatdan birini tanlashlariga to‘g‘ri kelgani haqida ushbu materialda o‘qing yoki YouTube'da tomosha qiling. Darvoqe, yuqoridagi tanlovda siz qaysi birini afzal bilardingiz?

SamAuto'dan D-MAX quest ishtirokchilari – bu hayot ikir-chikirlari joniga tekkan va o‘rganilmagan manzillar, sinovlar va hissiyotlar sari otlanish istagida bo‘lgan odamlardir. Qo‘shimcha bonus – g‘olib jamoaga nasib qiladigan yangi avlodga mansub, zamonaviy va qudratli, olovrang ISUZU D-MAX pikapi.

Ikkinchi travel-kvestda butun O‘zbekistondan 2 200 kishi ro‘yxatdan o‘tdi, ammo saralash onlayn-turigacha to‘rt kishilik jamoalarning 209 tasigina yetib bordi. Topshiriqlarning har biri kichik bir "yashash uchun kurash" o‘yiniga aylandi.

Eco quest: Butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 363 qop chiqindi

Birinchi sinov Eco quest bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zaro kelishib ishlashning, vaqt ajratishning va chiqindi yig‘ishtirish uchun uydan naq 100 kilometr nariga safar qilishning uddasidan chiqa oladilarmi? Kvest shartlariga ko‘ra har bir jamoa kamida to‘rt qop chiqindi yig‘ishi, ISUZU chiqindi tashish mashinasini topish va unga jamlangan chiqindilarni topshirish kerak edi.

Hafta davomida hissiyotlar junbushga keldi. Kimdir belgilangan joyda naq to‘rt qop chiqindi yig‘ish mumkinligiga shubhalandi (oldinda aytamiz: uddalashdi, hatto ortig‘i bilan), boshqalar odatiy yo‘l bilan yurib, “nihoyatda go‘zal va qiziqarli joylarda, aftidan, boshqa o‘lchamdagi dunyo darvozasi bo‘lgan joylar”ga borib qoldilar. O‘zbekiston ozoda bo‘lib bordi, kvest ishtirokchilari esa tushunolmasdilar: afsonaviy tabiatimizni ifloslantirishga qanday qo‘l bordi ekan? Eko-kvest muhitini his qilish uchun #dmaxquestecovideo xeshtegi orqali o‘ting.

Ko‘plab jamoalar kvestlardan tashqari ham tozalashga muntazam asosda chiqishga qaror qildilar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sarguzashtlari haqida hikoya qilib, atrofdagilar uchun namuna ham bo‘ldilar. Jamini olganda, travel-kvest ishtirokchilari 363 qop chiqindi yig‘dilar. Tasavvur qiling, bu topshiriqdan keyin mamlakatimiz qanchalik toza bo‘ldi!

Food quest: ahmoqona ko‘rinishdan qo‘rquvni yengamiz

Jamoalar uchun yangi sinov Food quest bo‘ldi. Jamoalar homiy Ipak Yoʻli Bank ilovasidagi taomlar nomini topishlari, keyin tasma bilan o‘zaro bog‘lanib olib, uning uchun masalliq sotib olishlari lozim edi. Bu taom palov edi. Yaxlit zanjir bo‘lib o‘zaro bog‘lanib olgan ishtirokchilar “ahmoqona ko‘rinish” qo‘rquvini yengishlariga va “Nega o‘zaro bog‘lanib olgansiz?” qabilidagi tinimsiz savollarga javob berishlariga to‘g‘ri keldi. Atrofdagi odamlar kulishdi, dalda berishdi va yordamlashishga harakat qilishdi.

Keyingi qadam – palov tayyorlash, bunda noyob mualliflik retseptlari qo‘llab-quvvatlandi. Masalan, bosqich yulduzi ananasli “Gavayi” palovi bo‘ldi. Endilikda noyob retseptlardan “D-MAX quest pazandachilik kitobi”ni tuzish mumkin. Ularni Instagram`da #dmaxquestfoodvideo xeshtegi orqali ko‘rish mumkin.

So‘ngra jamoalar qaynoqqina xushbo‘y palovni kamida 10 nafar ISUZU haydovchilariga ulashishlari kerak bo‘ldi. SamAuto avtobuslar, yuk mashinalari, o‘t o‘chiruvchi mashinalar, tez yordam avtomobillari, benzin tashuvchi mashinalar va boshqa ko‘plab texnika ishlab chiqaradi. Ayyorlikka borishga ham to‘g‘ri keldi: tunda uzoqqa qatnovchilar yo‘lida turib olib, mashinalar ketidan yugurish va oynasidan baqirib to‘xtashga ko‘ndirish. Boshqa avtomobillar haydovchilar ularni palov bilan mehmon qilmayotganlaridan xafa bo‘lishsa, ISUZU haydovchilari tortiqni olishga uyaldilar. Eng ko‘p berilgan savol: “Palov aniq bizgami, uni yeyishimiz mumkinmi?” Jamoalar jami 597 porsiya palov tarqatdilar.

Yuzma-yuz saralash bosqichi: do‘stlikmi yoki elektr samokat?

Saralash turining topshirig‘i, bir qarashda, sodda ko‘rinardi: yonma-yon turib, yuqoriga ko‘tarilgan qo‘llarda ulkan koptokni ushlab turish. Ammo 6 daqiqa o‘tmayoq birinchi jamoa o‘yindan chiqdi – ishtirokchilardan birini raqobatchilar yo‘llagan ari chaqib oldi. Keyin voqealar tezlasha bordi: quyosh qizdirar, hasharotlar bir burunga, bir quloqqa kirish payida bo‘ldi, boshlovchilar esa taslim bo‘lib, to‘pni pastga tushirish va o‘rniga sovg‘a olishni taklif eta boshladilar. Ishtirokchilar esga olishlaricha:

“Boshlovchi kelib, deydi: “Agar to‘pni tushirsanglar, elektr samokat hadya etaman”. U esa, yonginamizda turibdi. Biz ikkilanib qoldik, kapitan esa qichqira boshladi: “Men sizlarga o‘zim elektr samokat sotib olib beraman! Har biringlarga! Ikkitadan! Uchtadan!” Albatta, to‘pni ushlab qoldik”.

Quyosh bota boshladi. Eng sabotlilar bir, ikki, uch soat turdilar. Eng oxirida maydonda jamlashish va g‘alaba sari sobitqadamlilik bilan bora oluvchi 16 ta yuksak motivatsiyalangan, chidamli va do‘stona jamoalar qoldi. Ana o‘shalar D-MAX quest’ning keyingi bosqichiga o‘tadilar. Chiqishda – bir olam hissiyot: kulgu, ko‘z yoshi, hafsalalar pirligi, hayrat, charchoq, tushkunlik, quvonch, o‘zi va jamoasidan faxrlanish. Ishtirokchilardan biri aytganidek: “Shuncha kuchim borligini bilmas edi. Mashq qilib yurgan yigitlar taslim bo‘lib, to‘pni qo‘llaridan tushirganlarini ko‘rdim. Biz – alohida tayyorgarlik ko‘rmagan oddiy ayollar esa, iroda kuchining o‘zida turdik. Natijada jamoamiz keyingi bosqichga chiqdi!”.

SamAutodan Travel-kvest – bu shunchaki, avtomobil ko‘rinishidagi mukofotga ega tanlov emas, balki butun boshli hayot falsafasidir, unda ajoyib o‘lkamiz, tabiatda sifatli vaqt o‘tkazish, yangi do‘stlar, sarguzashtlar ruhi va hissiyotlar in’om eta olish uyg‘unlashadi.

Loyihaning rasmiy homiysi “Ipak Yo‘li” banki bo‘ldi, axborot hamkorlari – UzReport telekanali va Repost nashri, shuningdek loyihani Total, Megamix va Prime restorani qo‘llab-quvvatladi.

Ishtirokchilar qanday qilib vujudga kelgan noqulay sharoitlarni yengib o‘tganlari, komfort zonasidan chiqishga majbur bo‘lganlari va aql bovar qilmaydigan his-tuyg‘ularni boshdan kechirganlarini SamAuto rasmiy kanalida tomosha qiling.

Balki, ishtirokchilar orasida o‘z tanishlaringizni uchratib qolarsiz?

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: