“InnoWeek.Uz-2023” haftaligida MUNIS loyihasining amalga oshirilishi muhokama qilindi

Jamiyat 19:52 / 20.10.2023 15638

Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan boshlangan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 172-son qaroriga muvofiq) va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davom ettirilayotgan MUNIS loyihasini moliyalashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasining innovatsion siyosati kun tartibini qo‘llab-quvvatlamoqda.

MUNIS loyihasi tadqiqot va ishlanmalarning (R&D) natijadorligi va iqtisodiy qiymatini oshirish, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, texnologiyalar va jarayonlarni ishlab chiqish uchun korxona darajasidagi innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun siyosat vositalari to‘plamini ta’minlash, shuningdek, Xalqaro ekspertlar kengashi (XEK) va texnologiyalar transferi markazi (TTM) kabi yangi institutlarni yaratishga yo‘naltirilgan uchta asosiy komponentdan iborat. Bundan tashqari, MUNIS loyihasi ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik yordam va salohiyatni oshirishga qaratilgan. Xususan, 1-komponent ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va dolzarbligini oshirish, shuningdek, maxsus raqobatbardosh moliyalashtirish dasturlari orqali ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. 2-komponent innovatsiyalarni birgalikda moliyalashtirish, mahalliy yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi va milliy infratuzilmani modernizatsiya qilish orqali barqaror innovatsiyalar va sanoat-akademik hamkorlikni rag‘batlantiradi. 3-komponent pilot mexanizmlarni ishlab chiqish, joriy etish va davlat siyosatining asosiy vositalariga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun texnik ko‘mak dasturlarini moliyalashtiradi.

Ushbu sessiyaning asosiy maqsadi MUNIS loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilishdir. Xususan, quyida keltirilgan har bir kichik komponent doirasida ishlab chiqilgan va joriy etilgan fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirish mexanizmlari batafsil yoritib berildi.

1.1-subkomponent – Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi (REP) davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqot sifatining xalqaro standartlariga erishishga intilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun subkomponent ikkita asosiy mezonga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarni moliyalashtirish vositalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi: ilmiy qiymat va potensial nuqtai nazardan qat’iy saralanganligi yoki natijalarning ijtimoiy ahamiyatga egaligi. REP, shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro hamkorlik (tadqiqot sifatini oshirish uchun) va martaba rivojlanishiga ustuvor ahamiyat beradi.

1.2-subkomponent – Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi (RSP) ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan. Uning maqsadi yangi va sifatli ish o‘rinlari va sotiladigan mahsulotlar va xizmatlarni yaratish orqali munosib benefitsiarlarning uzoq muddatli tijorat barqarorligini rag‘batlantirish va mustahkamlashdan iborat. Ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab yuqori texnologiyali mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘ladi.

1.3-subkomponent – Davlat ilmiy tashkilotlarini modernizatsiya qilish (PRIM) davlat ilmiy-tadqiqot institutlarini institutsional modernizatsiya qilish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, subkomponent tadqiqot infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.

2.1-subkomponent – Innovatsion salohiyatni rivojlantirish dasturi (ICP). Subkomponentning maqsadi kichik va o‘rta korxonalarga yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqish, ularning ichki, mintaqaviy va global bozorlarda kengayishiga imkon berishdir. ICP quyidagilarni moliyalashtiradi: (a) yetkazib beruvchilarni rivojlantirish tashabbusi (SDI) doirasida mahalliy kichik va o‘rta korxonalar tomonidan sifat standartlarini qabul qilish uchun yetkazib beruvchilarni rivojlantirishga muvofiqlashtirish grantlari; (b) milliy sifat infratuzilmasining (NQI) tanlangan qismlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun xarid qilish mumkin bo‘lgan jihoz-uskunalar bilan maqsadli texnik yordam (uskunalar sotib olish va tartibga solish islohotlarini amalga oshirish).

2.2-subkomponent – Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (BIRD). Subkomponentning maqsadi kichik va o‘rta biznesni ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalarni rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu subkomponent tadqiqotni tijoratlashtirishning keyingi bosqichlarini, kichik va o‘rta biznesdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini va bilimga asoslangan startaplarning dastlabki bosqichlarini qo‘llab-quvvatlaydi. BIRD kichik va o‘rta biznesning qo‘shma P&D-loyihalar, shuningdek, kichik va o‘rta biznes hamda davlat tadqiqot institutlari o‘rtasidagi qo‘shma P&D-loyihalar uchun mos keladigan grantlarni taklif qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun 150 dan ortiq ilmiy va biznes hamjamiyatlari vakillari, xalqaro ekspertlar, vakolatli davlat organlari va manfaatdor tashkilotlar xodimlari taklif etildi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: