Chevrolet Equinox - navbatlarsiz avtomobil xarid qiling 

Jamiyat 19:11 / 19.10.2023 30315

O‘rta hajmli krossover Chevrolet Equinox o‘zbek bozoriga 2019 yilda kirib kelgan. 

 Chevrolet Equinox zamonaviy, o‘ziga xos tashqi dizaynga ega. Uning, dizaynida Chevrolet’ning uslub va samaradorlikka sodiqligi saqlab qolingan. Tumanga qarshi chiroqlar bilan birlashtirilgan LED faralar haydovchi uchun har qanday ob-havo sharoitida optimal ko‘rinishni ta’minlaydi.  

Equinox yaxshi o‘ylangan ergonomikaga ega ixcham, manyovrli krossover. Asosan shaharda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qolaversa, 9 bosqichli avtomat uzatma avtomobildan shahar tashqarida ham foydalanishga imkon beradi.  

Equinox'ning 2.0 litrli turbo dvigateli 236 ot kuchiga ega. Avtomobil 100 km tezlikka erishishi uchun 7,8 soniya kifoya qiladi. Aralash siklda yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 8,2 litrni tashkil qiladi

Bugun siz bilan yangilangan  Equinox 2022 avtomobilining 3-pozitsiyasini ko‘rib chiqyapmiz. Bu modelning eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir. Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy generator o‘rniga kuchli quvvatga ega motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. 

Avtomobil yukxonasi klassik holatda 670 litrni tashkil etadi va orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida esa haydovchi 1627 litrga teng yukxonaga ega bo‘ladi. 

Avtomobilning qo‘shimcha qulayliklari – salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar, yomg‘ir sezgich tizimi, isitiladigan va elektrbukiladigan oynalardan iborat. 

Equinox zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Oltita xavfsizlik yostig‘i bilan birga kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari, kruiz-kontrol tizimi, o‘chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi, harakatlanish qatorini saqlash funksiyalari, piyodalarni aniqlash (blind spot monitoring) ya’ni haydovchi tomonida va orqasida joylashgan boshqa transport vositalarini aniqlaydigan tizim, ABS hamda boshqa ko‘plab qulayliklarga ega. 

Chevrolet Equinox haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulaylikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Mashinaning salon qismi ancha keng. Salondagi o‘rindiqlar charmdan ishlangan. Old o‘rindiqlarda sovitish va isitish tizimi, orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun ham alohida iqlimni boshqarish imkoniyatlari mavjud. Avtomobilda 8 dyuymli Apple CarPlay tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydigan sensorli displey ham mavjud.

Ayni paytda Chevrolet Equinox avtomobilini hech qanday navbatlarsiz xarid qilish va avtosalonlardan o‘sha zahoti olib ketish mumkin.

Avtomobil haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: