Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora qabul qilinadi
Paxta va g‘alla maydonlari lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan tekislanganda har bir gektar yer maydonga 3 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2024 yildan boshlab bir yil davomida eksperiment tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta va g‘alla maydonlari lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan tekislanganda har bir gektar yer maydonga O‘zbekiston respublika budjetidan 3 mln so‘mdan subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Bunda, respublika budjetidan lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya mablag‘lari har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yildan boshlab davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalari lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan yerlarni tekislash tadbirlarini moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi budjetida tegishli mablag‘larni rejalashtiradi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi korxonalariga lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan yerlar tekislanganda har bir gektar yer maydonga 3 mln so‘mdan subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2023 yil 1 noyabrga qadar lazer uskunali yer tekislagichlar bilan 2024 yilda amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari va yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi
Jahon | 18:28
-
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
Jahon | 18:26
-
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi
Sport | 18:24
Mavzuga oid

13:27
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

14:25 / 03.07.2025
Chivinlarga qarshi birinchi Photonmatrix lazer qurilmasi taqdim etildi

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:15 / 10.06.2025