Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan’dan "kuchlar" kiritilgan yangi tariflar

Foto: Beeline Uzbekistan
Beeline Uzbekistan ilovasida yangi “MULTI KUCH” lineykasidan tanlangan tarif rejasini qo‘shimcha to‘lovsiz “KUCh”larni ulash orqali yanada yaxshilash mumkin.
Digital-operatordan “MULTI KUCH” yangi tariflari turli ehtiyojga ega mijozlarning xohishini qondirishga mo‘ljallangan asosiy xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi – O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, internet uchun gigabaytlar, SMS, shuningdek, Beepulʼda ilovasida komissiyasiz pul o‘tkazmalari hamda BiP messenjerida cheksiz aloqa.
Yangi lineykaning asosiy jihatlaridan biri bu maxsus “kuch” opsiyasi bo‘lib, u mijozlarga tanlangan tarif rejasiga qarab, qo‘shimcha xarajatlarsiz ko‘proq imtiyozlarni tanlash imkoniyatini beradi:
- barcha yo‘nalishlar uchun qo‘shimcha internet-trafik;
- messenjerlar ijtimoiy tarmoqlar va YouTube'dan foydalanish uchun ko‘proq GB;
- tungi trafik (01:00-08:00);
- PUBG MOBILE o‘yini uchun trafik;
- “Beeline TV” va “O‘zbekkino” onlayn kinoteatriga obuna bo‘lish;
- Beeline Music & Radio’ga obuna bo‘lish.
“Kuch”larni “Beeline Uzbekistan” ilovasida ulash mumkin. Buning uchun dasturni yuklab olishingiz, avval yuklagan bo‘lsangiz, so‘nggi versiyasiga yangilashingiz kerak.
Tariflarning birinchisi – “MULTI 1” kiritilgan SMSlar va cheksiz qo‘ng‘iroqlardan tashqari, 7 GB internet va 1 ta qo‘shimcha “kuch”, shuningdek, Beepul ilovasida 500 ming so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari kiritilgan.
“MULTI 2” – asosiy xizmatlar (qo‘ng‘iroqlar va SMSlar)dan tashqari yana ham ko‘proq trafikni o‘z ichiga oladi – barcha yo‘nalishlarga 14 GB, shuningdek, "Beepul"da 800 ming so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalarni o‘z ichiga oladi. 1 "kuch" bilan tarifni kengaytirish mumkin.
“KUCHLI” “MULTI 3” tarifida Internet-trafik hajmi 22 GB ga yetadi va ulanish uchun ikkita “kuch” taqdim etiladi. Bundan tashqari, “Beepul” ilovasidagi foizsiz o‘tkazmalarning limiti ham 1 million so‘mgacha oshirilgan.
Lineykadagi eng “kuchli” tarif "MULTI 4" hisoblanadi. Standart opsiyalar, oylik 35 GB internet-trafik va 1 million 200 ming so‘mgacha Beepul ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalardan tashqari mijoz birdaniga 3 ta “kuch”ni tanlashi mumkin.
“Yangi tariflar lineykasi — tanlov imkoniyati borasida moslashuvchanlik va individual yondashuv demakdir. “Kuch” – qo‘shimcha to‘lov talab qilmaydigan, lekin har bir mijozga o‘z ehtiyojlari va xohishlariga mos keladigan shaxsiy manfaatlaridan bahramand bo‘lishda yordam beradigan xizmatdir”, — Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov yangi tariflar ishga tushirilganini sharhladi.
Batafsil ma’lumotlar va mavjud imtiyozlarning to‘liq ro‘yxatini bilan digital-operatorning saytida tanishishingiz mumkin.
***
“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi
VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilga xalqaro bosim davom etmoqda: XJS orderlarni kuchida qoldirdi, Sloveniya sanksiya joriy qildi
Jahon | 13:06
-
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi
Jahon | 12:55
-
O‘zbekiston va Pokiston Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazadi
O‘zbekiston | 12:30
-
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi
O‘zbekiston | 12:29
Mavzuga oid

17:00 / 17.07.2025
Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

17:00 / 10.07.2025
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi

18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi

14:00 / 29.01.2025