Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yo‘lovchi avtobusida gaz balloni portlab ketdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi Qarshi-Buxoro ichki yo‘lida “Isuzu” rusumli avtobus yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.
Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.