Captiva-5 narxlari e’lon qilindi
Yangilangan Chevrolet Captiva qariyb 300 mln so‘mdan 350 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqariladi.

Foto: Kun.uz
Oktyabr oyining oxiridan O‘zbekistonda Captiva-5 sotuvlari boshlanadi. UzAuto Motors rasmiy sahifasida e’lon qilinishicha, yangilangan Captiva-5 LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari quyidagicha bo‘ladi:
- LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
- LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
- Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.
Narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
UzAuto Motors 2021 yilning kuzida ham Captiva-5 modeli sotuvini boshlab, shartnomalar tuzgan, lekin ma’lum vaqtdan keyin jarayon to‘xtatilgandi. Bunga sabab sifatida Saptiva-5ʼning O‘zbekiston iqlimiga to‘g‘ri kelmasligi aytilgandi. O‘sha paytda bu avtomobil 222 mln so‘mdan 310 mln so‘mgacha narxda sotuvga chiqarilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:56 / 18.01.2025
Toshkentda Captiva yonib ketdi

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025