O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston 07:44 / 13.10.2023 1920

O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. 12 oktyabr kuni u Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda «Dunyo».

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari elchiga ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi ochiq, konstruktiv va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Elchi va Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining bugungi kun tartibi va uni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qildi.

Said Rustamov 2019 yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyadagi elchi lavozimiga kirishgan edi. Bungacha u Isroildagi elchixonaga, Tashqi ishlar vazirligining qator bo‘limlariga rahbarlik qilgan, AQShdagi elchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri yordamchisi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: