Ukrainada Qurolli Kuchlar uchun «ko‘rinmas yoping‘ich» yaratildi

Jahon 00:32 / 05.10.2023 12722

Ukrainaning raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fyodorov yangi ishlanma - Mudofaa kuchlari uchun mo‘ljallangan «ko‘rinmas yoping‘ich» haqida xabar berdi.

«Ukrainaliklar Rossiya teplovizorlari va teplovizion kameralarga ega dronlariga qarshi superhimoya yaratishdi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Vazirning aytishicha, yomg‘irpo‘sh tana haroratini to‘sadi va shu bilan jangchini ko‘rinmas qiladi. Bu ukrainalik snayperlar yoki Ukraina Qurolli Kuchlarining maxsus operatsiya kuchlari uchun foydali bo‘ladi.

Yoping‘ich ixcham va yengil ekani aytilmoqda: og‘irligi 2,5 kg. U yomg‘ir va qordan ham himoyalangan. Bundan tashqari, u yonmaydi va yuqori haroratdan himoya qiladi.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, ko‘rinmas yoping‘ich - frontda harbiy xizmatchilarning hayotini saqlab qolishga yordam beradigan ko‘plab ishlanmalardan biri.

«Bunday ishlanmalardan ko‘prog‘i kerak», dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: