MLS. «Inter Mayami» Messisiz «Chikago Fayr»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, 14-o‘ringa tushdi

Sport 07:53 / 05.10.2023 10600

MLS muntazam chempionati doirasida «Inter Mayami» Messisiz o‘tkazgan ketma-ket 4-o‘yinida ochko yo‘qotdi.

Mayamiliklar bu safar «Chikago Fayr» mehmoni bo‘lib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi – 1:4.

Lionel Messi jarohat sababli jamoasining so‘nggi 4 o‘yinini o‘tkazib yubordi. U so‘nggi marta 21 sentabr kuni maydonga tushgandi.

«Inter Mayami» 31 bahsda jami 33 ochko to‘plab, 15 jamoa orasida turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Chikago klubi esa 40 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.  

MLS
Chikago Fayr – Inter Mayami 4:1
Gollar:
 1:0 – 49 Shaqiri, 1:1 – 53, penalti Martines, 2:1 – 62 Hayle-Selassiye, 3:1 – 65 Xayle-Selassiye, 4:1 – 73 Shaqiri.
Chikago Fayr – Breydi, Chixos, Omsberg, Navarro, Shaqiri, Ximenes, Dumbiya, Gutiyerres (Hayle-Selassiye, 55), Dean Junior, Herbers (Teran, 85), Kutsias (Pshibilko, 69).
Inter Mayami – Kellender, Yyedlin, Krivsov, Miller, Allen, Buskets, Arroyo (Mota, 67), Kremaski, Teylor (Stefanelli, 67), Farias, Martines.

Ko‘proq yangiliklar: