Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida 24 yoshli taksichi yigit o‘ldirilgan, mashinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mashina yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov xabariga ko‘ra, 4 oktyabr soat 2:00 da Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida 24 yoshli taksichi o‘ldirilgan. Uning Matiz mashinasi esa yoqib yuborilgan. Yigitning jasadi yonayotgan mashinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.