Osiyo O‘yinlari-2022. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘lib, bronza medali uchun kurashadi

Sport 19:01 / 04.10.2023 12932

Hangjoudagi o‘yinda Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. 4-daqiqadayoq Chon Vu Yon hisobni ochdi – 1:0.

25-daqiqaga kelib Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan yo‘llagan ajoyib goli evaziga hisobni tenglashtirdi – 1:1.

38-daqiqaga kelib esa himoyadagi o‘ta qo‘pol xatodan keyin Chon Vu Yon osonlik bilan dublini rasmiylashtirdi – 2:1.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hisobni tenglashtirish uchun har qancha urinishmasin, koreyaliklar g‘alabani saqlab qolishdi. Ustiga-ustak Bo‘riyev 75-daqiqada ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

Ikkinchi yarimfinal bahsida Yaponiya Hongkongni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, turnirning amaldagi chempioni Janubiy Koreya finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston esa bronza medali uchun yana o‘sha Honkongga qarshi maydonga tushadi. Bu turnirdagi o‘zaro 3-o‘yin bo‘ladi. Bahslar 7 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo O‘yinlari-2022. Yarimfinal.
4 oktyabr (chorshanba)
Janubiy Koreya – O‘zbekiston 2:1

Hakam: Ashkanani Ammar (Kuvayt)
Gollar: Chon Vu Yon 4, 38 – Jasur Jaloliddinov 25.
Janubiy Koreya: 1.Li Gvang Yyeon, 2.Xvang Jae Von, 4.Park Jin Seob, 14.Li Xan Beom, 19.Seol Yung Vu, 6.Xong Xyun Seok, 7. Chon Vu Yon (15.Jung Xo Yoyen, 59), 8.Paik Seung Xo (S), 10.Cho Yung Vuk, 11.Um Von Sang (20.An Jae Jun, 66), 18.Li Kang In (17.Song Min Kyu, 59).
O‘zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Ibrohim Ibragimov (15.Sherzod Esanov, 85), 9.Ulug‘bek Hoshimov (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 85), 10.Jasur Jaloliddinov (6.Behzod Shamsiyev, 76), 14.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 16.Asadbek Rahimjonov (19.Husayn Norchayev, 46), 17.Abdurauf Bo‘riyev, 18.Alibek Davronov, 20.Ruslanbek Jiyanov (22.Alisher Odilov, 61).
Chetlatish: Abdurauf Bo‘riyev, 75 (2-sariq).

Ko‘proq yangiliklar: