OChL. «Nasaf» «As-Sadd»ni mag‘lub etib, guruhda peshqadamlikni davom ettirdi

Sport 23:18 / 02.10.2023 12348

Qatar jamoasiga qarshi o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 29-daqiqada Suhrob Nurulloyevning goli evaziga hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 46 va 58-daqiqalarida esa Azizbek Amonov katta sahnaga chiqib, dubli evaziga hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

83-daqiqaga kelib Akrom Afifning uzatmasidan so‘ng Huhi farqni biroz qisqartirgach, ikki daqiqa o‘tib assist muallifi maydondan chetlatildi – 3:1.

Shu tariqa, «Nasaf» guruhdagi dastlabki ikki g‘alabadan keyin 6 ochko bilan B guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Sharja» «Al-Faysali»ni mag‘lub etib, 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

OChL. V guruhi. 2-tur.

«Nasaf» – «As-Sadd» (Qatar) – 3:1

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oni (Eron)

Gollar: Suhrob Nurulloyev 29, Azizbek Amonov 46, 58 – Huhi 83.

«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (70.Jambuli Jigauri, 66), 17.Suhrob Nurulloyev, 28.Shuhrat Muhammadiyev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich (18.Bahrom Abdurahimov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov.

«As-Sadd»: 22.Mash’al Barsham, 5.Tariq Salmon, 6.Paulo Silva Otavio, 7.Muhammad Vaad, 9.Yusuf Abdurizo (11.Bag‘dod Bunedja, 46), 10.Hasan Al-Haydos (8.Ali Asad, 60), 15.Bulayem Huhi, 19.Gonsalo Ximenes Plata, 51.Akrom Afif, 70.Musaab Xidir (55.Amin Hazbavi, 46), 88.Andres Vilya Mateus.

Chetlatish: Akrom Afif, 85.

Sharja – Al-Faysali – 1:0

Gol: Mussa Marega, 20.

Guruhdagi vaziyat:

Ko‘proq yangiliklar: