«Endilikda bu umuman boshqa mintaqa» - Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo jipslashgani haqida

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etdi.
Davlat rahbari «Markaziy Osiyo - Germaniya» iqtisodiy forumiga muntazam tus berib, navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda, barcha mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti global miqyosdagi ishonch inqirozi jahon bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, muqobil savdo-logistika yo‘nalishlarini izlashga majbur qilayotgan oqibatlarini bugun mintaqa mamlakatlari ham sezayotganini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan ishtirokchilarning e’tibori Markaziy Osiyodagi jarayonlarga qaratildi.
«Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. Mamlakatlarimiz birgalikda zamonaviy tahdidlarga samarali qarshi turmoqda, barqaror o‘sishni namoyish etmoqda», dedi prezident.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda hudud davlatlari yalpi mahsulotining jami o‘sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qoladi.
Bir necha yil ichida mintaqa mamlakatlari ko‘plab jiddiy masalalarni hal etishga muvaffaq bo‘ldi - chegaralar ochildi, savdo va transport aloqalari, gumanitar almashinuvlar tiklandi.
«Biz avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligida muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirmoqdamiz.
Chegaradosh hududlarda hamkorlik markazlari va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz.
Shu tufayli xalqaro hamjamiyatning mintaqamizga qiziqishi kuchayib bormoqda. Bugun Berlindagi uchrashuvlar buning yorqin tasdig‘idir», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Men va barcha hamkasblarim uchun eng avvalo Markaziy Osiyoning tinchligi va osoyishtaligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti muhim.
Shunday sharoitlardagina mintaqamiz xorijiy hamkor va investorlar uchun jozibador bo‘ladi», - dedi prezident.
Mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident O‘zbekistonda Germaniya yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori sanoat texnologiyalari bo‘yicha Markaziy Osiyo ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Davlat rahbari mintaqa darajasida «yashil» iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirish uchun Germaniya muhandislik-loyihalashtirish markazlari va sanoat holdinglari bilan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.
«Eng muhim xomashyo resurslari sohasidagi qo‘shma loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada huquqiy asosni shakllantirish, xususan, mintaqamiz mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi tegishli bitimni imzolash zarur, deb hisoblaymiz.
Markaziy Osiyo ichki ehtiyojlarni to‘liq ta’minlash va Yevropa mamlakatlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish uchun zarur salohiyatga egaligini ekspertlar tasdiqlamoqda», deydi Shavkat Mirziyoyev.
Yakunda davlat rahbari O‘zbekistondagi ishbilarmonlik tashabbuslari va qo‘shma investitsiya loyihalariga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqlab, Markaziy Osiyo Germaniya biznesi uchun katta imkoniyatlar mintaqasi ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

22:57 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

19:18 / 04.07.2025